Ijtimoiy tarmoqlar

Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbH «Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning o‘sish tarmoqlari uchun professional ta’lim» (PECA 5) loyihasining «Oziq-ovqat texnologiyalari sohasida kooperativ oliy ta’limning institutsional shakllarini yaratish» mavzusida ochiq dars bo'lib o'tdi


«Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning o‘sish tarmoqlari uchun professional ta’lim» (PECA 5) loyihasining «Oziq-ovqat texnologiyalari sohasida kooperativ oliy ta’limning institutsional shakllarini yaratish» mavzudagi xalqaro loyihasi doirasida 2023-yil 6-7-aprel kunlari «Oziq-ovqat texnologiyalari sohasida kooperativ oliy ta’limning institutsional shakllarini yaratish» mavzudagi Tandem xalqaro loyiha rejasiga binoan TKTI, GIZ tashkiloti (Germaniya), I. Razzakov nomidagi Qirg’iz davlat texnika universiteti (Qirg’iziston), “Family Traditions” MChJ (Qirg’iziston), M. Ibragimov KTEC (Qirg’iziston) hodimlaridan iborat loyihaning ishchi guruhi Toshkent kimyo-texnologiya institutiga tashrif buyurishdi. Loyiha dasturi asosida I. Razzakov nomidagi Qirg’iziston davlat texnika universiteti quyidagi professor o‘qituvchilari Elemanova Rimma Shukurovna, Musulmanova Mukarama Muxamedovna, Mamirova Meerim Ishenbekovnalar TKTI ning Oziq-ovqat yo`nalishlari va Professional ta’lim: (kimyoviy texnologiya) yo`nalishlari talabalariga Oliy ta’limda dual ta’limni tashkil etish mavzusi bo‘yicha master-klass darslarni o‘tib berishdi.



Ushbu master-klass darslari taqdimotlardan foydalangan holda qiziqarli o‘tildi. Dars davomida o‘quvchilar bilan dual ta’limning avzalliklari borasida qizg‘in savol javoblar bo‘lib o‘tdi. Darsda o‘quvchilar faol ishtirok etishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan qoniqarli javob olishdi. Bu dars o’quvchilarda katta taassurotlar qoldirdi va o’quvchilar uchun juda samarali bo’ldi. Bunday na’munali darslar bundan keyin ham tez – tez o’tkazilsa, maqsadga muofiq bo’lar edi.