Ushbu kurslarda tinglovchilarga ichimlik va oqova suvlaridan namunalar olish, zamonaviy uskunalardan foydalanish, eritmalar tayyorlash va zamonaviy usullarni o'zlashtirishga qaratilgan nazariy-amaliy darslar o'tildi.
Darslar “Sanoat ekologiyasi” kafedrasi hamda kafedralardan tajribali professor-o'qituvchilar tomonidan olib borildi.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilar institutimizning Iqtisodiy va tashkiliy masalalar bo'yicha prorektori Qodirov Bobiromon Bekmurodovich tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.