Mazkur o‘yin mantiqiy fikrlash qobiliyatini oshirish, jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish va bilimga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar tarix, fan, madaniyat, sport va zamonaviy texnologiyalar kabi turli yo‘nalishlardagi savollarga javob berish orqali o‘z aql-zakovati va bilim darajasini sinovdan o‘tkazishdi.
O‘yinda faol va intellektual salohiyati yuqori bo‘lgan jamoalar aniqlanib, ular tashkilotchilar tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Ushbu intellektual musobaqa yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, o‘z ustida ishlashga undash va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.