Ijtimoiy tarmoqlar

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Biznes marafon” treningi

 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Biznes marafon” treningi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 23-maydagi 01-15/36-sonli xatida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya institutida talabalarni tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar ishtirokida “Biznes marafon” motivatsion seminar-treninglari tashkil etilmoqda.

2025-yil 28-avgust kuni Neft va gaz texnologiyalari fakulteti Neft va gazni qayta ishlash kimyoviy texnologiyasi kafedrasida navbatdagi trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirni fakultet dekani L.A.Yusupova ochib berib, zamonaviy mehnat bozorida yoshlarning raqobatbardosh bo‘lishi, tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish masalalariga to‘xtaldi.

Treningda:

 • Turdiqulov Anvar Raxmat o‘g‘li – “O‘zbekneftgaz” AJ gazni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘limi analitigi,

 • Xayrullayev Sadullo – “Gazli GQIZ” gaz va kondensat qazib chiqarish bo‘limi yetakchi muhandisi,

 • A.M. Mirkomilov – Karyera markazi boshlig‘i,

 • fakultet dekani L.A.Yusupova,

 • kafedra mudirlari Sh.Sh.Mingliyev va A.Xusaynov hamda bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.

Ular yoshlar bilan muvaffaqiyatli biznes yuritish sir-asrorlari, huquqiy asoslar, brend yaratish, xatolardan saboq olish va bozor iqtisodiyotida samarali faoliyat yuritish masalalari yuzasidan tajribalarini o‘rtoqlashdilar.

Bundan tashqari, korxona vakillari bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilish tartib-qoidalari, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari va yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdilar.