“Dolzarb 90 kunlik” doirasida DOTA2 kibersport turi bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi!
Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Dolzarb 90 kunlik” tashabbusi doirasida talabalar o‘rtasida DOTA2 kibersport turi bo‘yicha qiziqarli va murosasiz musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘z mahoratlari, strategik fikrlash va jamoaviylik borasidagi salohiyatlarini namoyish etishdi. G‘olib jamoalar quyidagicha aniqlandi:
1-o‘rin — Sensatsiya
2-o‘rin — Stars
3-o‘rin — JAVA_MIR1
Mazkur jamoalar diplom bilan taqdirlandi hamda keyingi hududiy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi!