“Dolzarb 90 kunlik” doirasida FC25 musobaqasi!
Toshkent kimyo-texnologiya institutida yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Dolzarb 90 kunlik” tashabbusi doirasida FC25 sport musobaqasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Musobaqada institut talabalari faol ishtirok etib, o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy ruhini namoyish etdilar.
G'oliblar musobaqaning hududiy bosqichida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritishdi
Bunday musobaqalar nafaqat sog‘lom hayot tarzini shakllantiradi, balki yoshlar orasida do‘stlik va birdamlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bugun 15:00da “CS2” bo'yicha musobaqa bo'lib o'tadi
Barcha turdagi musobaqalar o'yin boshlanish vaqtidan 1 soat oldin Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limida qabul qilinadi.