Yoshlarning yozgi ta’til davrida bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Neft va gaz texnologiyalari fakulteti talaba-yoshlar o‘rtasida “Kibersport” sport musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur musobaqa talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish barobarida ularning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.
Intellektual raqobat, sport va axborot texnologiyalarini uyg‘unlashtirishga xizmat qilgan ushbu musobaqada talaba-yoshlar bilan birgalikda tyutorlar ham ishtirok etishdi.