Ijtimoiy tarmoqlar

"Dolzarb 90 kun" tashabbusi doirasida talabalar, o‘quvchilar hamda mahalla yoshlari ishtirokida “90 kun – o‘z ustingda ishlash va orzular sari qadam” nomli festival o‘tkazildi. Tadbir doirasida yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish maqsadida turli sport musobaqalari tashkil etildi.

 Xususan, festival doirasida futbol, voleybol hamda stol tennisi yo‘nalishlari bo‘yicha qizg‘in bahslar bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda ishtirokchilar o‘z jamoaviylik, chaqqonlik va sport mahoratini namoyon etishdi. G‘olib va faol ishtirokchilar esa tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ushbu musobaqalar yoshlarda sog‘lom raqobat, sport madaniyati va ijtimoiy faollikni rivojlantirishga xizmat qildi.