Dual taʼlim – malakali kadrlar tayyorlashning samarali modeli
2025-yil 22-dekabr kuni D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiyalari universitetining Toshkent shahridagi filialida Angren texnologiya texnikumi o‘qituvchilari va taʼlim ustalari uchun “Professional taʼlim tizimida dual taʼlimni tashkil etish, boshqarish hamda zamonaviy taʼlim metodlari va metodologiyasi” mavzusida 3 kunlik o‘quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida:
dual taʼlim tizimini samarali joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or tajribalar,
Toshkent kimyo-texnologiya institutida dual taʼlimni tashkil etish amaliyoti,
ishchi kasblarga bo‘lgan ehtiyoj va zamonaviy mehnat bozori talablari,
kimyo texnologiyasi sohasida zamonaviy metod va tahlillar muhokama qilindi.
Tadbirda TKTI Karyera markazi boshlig‘i A.M.Mirkomilov dual taʼlim tizimini yo‘lga qo‘yish, talabalar amaliy tajribasini oshirish va mehnat bozori talablari haqida taqdimot qildi, Kimyoviy injenering fakulteti dekani Sh.B.Buxorov “Maxam-Chirchiq” AJ korxonasida tashkil etilgan dual taʼlim tizimi bo‘yicha ma’lumot berdi, Texnologik mashina va jihozlar kafedrasi mudiri G.N.Xakimova “Texnopark” MChJda dual taʼlim tizimini tashkil etish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Seminar yakunida Registrator ofisi direktori U.R.Kadirov institutda dual taʼlim tizimining shakllantirilishi, o‘quv jarayoni bilan uyg‘unligi hamda registrator ofisida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot qildi.