DUAL TA’LIM JARAYONIDA ISHLAB CHIQARISH BILAN INTEGRATSIYALANGAN O‘QUV MASHG‘ULOTI
2025-yil 14-oktabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati vakillari — Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor T.Safarov, Kimyoviy injiniring fakulteti dekani Sh.Buxorov hamda Karyera markazi boshlig‘i A.Mirkomilovlar “Maxam-Chirchiq” AJ korxonasiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida institutning Kimyoviy injiniring fakulteti “Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi” kafedrasi negizida tashkil etilgan “Maxam-Chirchiq” AJ kafedra filiali faoliyati o‘rganildi. Mazkur filialda ta’lim jarayoni dual ta’lim shakli asosida, ya’ni nazariya va ishlab chiqarish amaliyoti uyg‘unligida olib borilmoqda.
Uchrashuvda institut vakillari korxonadagi ta’lim jarayonlari sharoitlari bilan tanishdilar, shuningdek, dual ta’limni takomillashtirish, haq to‘lanadigan amaliyotlarni yo‘lga qo‘yish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalalari yuzasidan “Maxam-Chirchiq” AJ rahbariyati bilan muzokaralar olib bordilar.
Talabalar o‘z o‘quv-amaliyotlarini samarali tashkil etish va yaratilgan shart-sharoitlar uchun institut rahbariyatiga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.