Ijtimoiy tarmoqlar

“Eng yaxshi insholar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi!

 “Eng yaxshi insholar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi! 

Toshkent kimyo-texnologiya institutida yoshlar oʻrtasida “Yoshlar – korrupsiyaga qarshi!” shiori ostida tashkil etilgan insholar tanlovi yakuniga yetdi.

Tanlovdan koʻzlangan asosiy maqsad – talabalar oʻrtasida halollik, vijdonlilik va qonun ustuvorligini targʻib qilish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish edi.

Tanlovda ishtirok etgan talabalar oʻz ijodiy ishlari orqali korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi qarashlarini, hayotiy pozitsiyalarini va fuqarolik masʼuliyatini yuksak darajada namoyon etdilar.

Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar institut rektori tomonidan pul mukofotlari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Bu esa yoshlarimizni yana-da faol, ijtimoiy masʼuliyatli boʻlishga undaydi.

Gʻoliblarni tabriklaymiz va ularning kelgusi ijodiy izlanishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!

Korrupsiyasiz kelajak – bizning qoʻlimizda!