Eco Expo Central Asia 2025
Markaziy Osiyodagi eng yirik ekologik ko‘rgazmalardan biri — Eco Expo Central Asia 2025 qizg‘in davom etmoqda!
Bugun ko‘rgazmaning 2-kuni bo‘lib, unda ekologik texnologiyalar, yashil energetika, chiqindilarni qayta ishlash, suv resurslarini boshqarish va barqaror rivojlanishga oid innovatsion yechimlar namoyish etilmoqda.
Institutimiz vakillari ham ushbu nufuzli tadbirda faol ishtirok etib, ilmiy-texnik hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirmoqda.