Eco Expo Central Asia 2025 — Yashil texnologiyalar maydoni!
21-iyun kuni Markaziy Osiyodagi eng yirik ekologik ko‘rgazmalardan biri — Eco Expo Central Asia 2025ning 3-kuni bo‘lib o‘tdi.
Eco Startup pavilyonida 300+ loyihalar ichidan saralangan 40 dan ortiq ilg‘or loyiha taqdim etildi. Ular orasida institutimiz jamoasining qayta tiklanuvchi energiya manbalari va CO2 utilizatsiyasiga qaratilgan loyihalari ham mavjud.
Tadbir davomida jamoamiz "SUS Environment" (XXR), "Hamkor Wastewater", "O‘zbekenergota'mir" kabi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga kelishib olishdi.