Ijtimoiy tarmoqlar

“Efir moylari ishlab chiqarishning chiqindilaridan foydalanish” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

“Efir moylari ishlab chiqarishning chiqindilaridan foydalanish” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

2025-yil 9-dekabr kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti, Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi kafedrasida PhD, professor R.R.Akramovatomonidan “Efir moylari ishlab chiqarishning chiqindilaridan foydalanish” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Dars jarayonida talabalar efir moylari ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan chiqindilardan samarali foydalanish, ularni qayta ishlash va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishdi.

Ochiq darsda Ta’lim sifati nazorati bo‘limi boshlig‘i, professor A.I.Xudoyberdiyeva Kafedra mudiri, professor A.T.Ruzibayev Dotsent Sh.D.Salijanova v.b.dotsent M.O.Xamidova ekspert sifatida ishtirok etdilar.

Interfaol metodlar va tarqatma materiallar asosida o‘tilgan dars talabalar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi.