Toshkent kimyo-texnologiya institutida 21-noyabr kuni “Eng faol yil talabasi - 2024” tanlovi bo’lib o’tdi. Unda institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Boborajabov Bahodir Nasriddinovich, hay'at a'zolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida institut rektori Usmonov Botir Shukurillayevich so’zga chiqib, ishtirokchilarga g’oliblikni qo’lga kiritishlarida tilakdoshlik bildirdi va ushbu tanlovning ahamiyati to’g’risida fikr-mulohazalarini aytib o'tdi. Shuningdek yoshlarni nafaqat ilm-fan, balki jamiyat va davlat rivojida faol ishtirok etishga, turli sohalarda yetuk mutaxassislar bo‘lishga rag‘batlantirdi. Rektor yoshlarning salohiyatini namoyon etishi uchun barcha imkoniyatni ishga solish va ularning ijtimoiy faolligini tizimli ravishda rag‘batlantirib borish zarurligini alohida ta'kidladi.
Shu bilan birga, bunday tanlovlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyatini rivojlantirish va jamiyatga foyda keltiradigan yangi g‘oya va tashabbuslarni ilgari surishga xizmat qilishi bilan muhimligi qayd etildi.
Tayinlangan hakamlar hay'atiga nominatsiyalar bo'yicha har bir nomzodni belgilangan nizom asosida adolatli va haqqoniy baholab borishlari uchun zarur tavsiyalar keltirib o'tildi.
“Eng faol yil talabsi - 2024” tanlovida quyidagi nominatsiyalar bo’yicha talabalarning taqdimotlari tinglandi:
- “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”,
- “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”
- “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”,
- “Yilning eng faol sportchi talabasi”
- “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”
- “Yilning eng faol ijodkor talabasi”
- “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun).
Hakamlar hay’ati tomonidan talabalarning erishgan yutuqlari, amalga oshirgan loyihalari, tashabbuslari va ijtimoiy faolliklari tanlov nizomi asosida haqqoniy baholab borildi. Har bir nomzod o‘zining yutuqlaridan tashqari, jamiyatda erishgan muvaffaqiyatlari va amalga oshirgan ijtimoiy loyihalari bilan hakamlar oldida o‘z salohiyatini ko‘rsatishga harakat qildi.
Hakamlar hay’ati ushbu tanlovda adolatli va obyektiv baholashni amalga oshirib, ishtirokchilarga o'z salohiyatini to'liq namoyon etishlari uchun zamin yaratdi. Ta’kidlash joizki, mazkur tanlov talabalar uchun salohiyatlarini ko‘rsatish, yangi tashabbuslarni ilgari surish va jamoat oldida muvaffaqiyatlarini namoyish etish imkoniyatini taqdim etdi.
Tanlovda ishtirokchilar g‘oliblik uchun jiddiy kurash olib bordilar. Har bir nomzodning taqdimoti o’ziga xosligi va kreativ yondashuvlari bilan ajralib turdi.
Natijada, tanlov yanada qiziqarli va mazmunli tarzda o’tdi. Har bir talaba o‘zining yutuqlari, tashabbuslari va intellektual salohiyati bilan institut jamoasini faxrlantirdi.
Mazkur tanlov yoshlarni intellektual va ijodiy faollikka rag‘batlantirish, ijtimoiy mas'uliyatni oshirish, yangi g‘oya va innovatsiyalarni rivojlantirish borasidagi muhim qadamdir.
Darhaqiqat, tadbir institut yoshlarining salohiyatini yanada oshirishga va ijtimoiy mas'uliyatni kengaytirishga xizmat qilishi, shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida iqtidorli va yetuk mutaxassislarni tarbiyalashda yangi imkoniyatlar yaratish uchun muhim vosita bo‘ldi.