Exclusive bilim bellashuvi!
7 ta nufuzli oliy ta'lim muassasasa ayol professor-o'qituvchilari bir davrada Ilm bellashuvida!
Jamiyat hayotida ro‘y berayotgan islohotlarga befarq bo‘lmagan, o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lgan ayol professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tashkil etilayotgan navbatdagi “Zakovat” intellektual Shou-musobaqasiga marhamat!
Tadbir tafsilotlari:
Sana: 15-aprel
Vaqt: 14:00
Joylashuv: K.Behzod nomli Milliy rassomchilik va dizayn instituti foyesi
Ushbu aql bellashuvida Respublikamizdagi 7 ta nufuzli institut va universitet jamoalari o‘zaro kuch sinashadi. Eng bilimdon, eng zukko va tezkor jamoalar g‘oliblik uchun intellektual jang olib borishadi.
Bilimli ayol — yorqin kelajak tarbiyachisi!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bilim va zakovat Shou-musobaqasi iste’dodli san’atkorlarning tashrifi bilan yanada fayzli bo‘lishi kutilmoqda!
qiziqarli va shiddatli bo‘lishi kutilayotgan mazkur musobaqada jamoalarni qo‘llab-quvvatlash uchun barchani taklif etamiz!