Toshkent kimyo-texnologiya instituti magistrant talabalarining amaliyot darslari "Chirchiq kimyo-industrial texnoparki"da joylashgan "BIONOVATIC AGRO" qo‘shma korxonasida o‘tkazildi.
Dars jarayonida "BIONOVATIC AGRO" qo‘shma korxonasining yetakchi mutaxassislari talabalarni korxona faoliyatining ayrim muhim jihatlari bilan tanishtirdilar. Ular, hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan quyidagi: Boinsektisidlar, Biofungitsidlar va Mikroo'g'itlar hamda ularning ishlab chiqarish jarayonlari haqida ma'lumot berdilar.
Shuningdek, talabalar ushbu mahsulotlarning ishlab chiqarish jarayonlari, ularning ekologik xavfsizligi va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilishi haqida batafsil ma'lumotlar olishdi. Bu amaliyot darslari magistr talabalar uchun ilmiy va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga, balki soha mutaxassislari bilan tajriba almashish imkoniyatini yaratishga ham xizmat qiladi.