Ijtimoiy tarmoqlar

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlar yakunida turli yo‘nalishlarda faol ishtirok etgan yoshlar munosib rag‘batlantirildi.

Xususan, futbol, voleybol, shaxmat hamda stol tennisi bo‘yicha o‘tkazilgan sport musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar, shuningdek, ilmiy-amaliy to‘garaklar, karaoke kechasi, ijodiy uchrashuvlar va “Zakovat” intellektual o‘yinida faol qatnashgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bu kabi rag‘batlantirishlar yoshlar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va o‘z ustida doimiy ishlashga undashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.