Toshkent kimyo-texnologiya institutida O'zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang'ich tashkiloti hamda Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyasi fakulteti hamkorligida sportning "stol tennisi" turi bo‘yicha qiziqarli va murosasiz musobaqa tashkil etildi.
Musobaqaning asosiy maqsadi — yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb etish va sportga bo‘lgan qiziqishini oshirishdan iborat.
Tadbir yakunida bunday sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish va ularni mahallalar bilan hamkorlikda tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.