Ijtimoiy tarmoqlar

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Qo'shma ta'lim dasturlari bo'limi boshlig'i Xakimova Nasiba hamda "Oziq-ovqat sifati va xavfsizligi " kafedrasi assistenti Fayzullayeva Nodira Zaynutdinovna Xitoy Xalq Respublikasida stajirovka o'tamoqda.

 Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimlari Inson Resurslari malakasini oshirish va rivojlantirish bo'yicha "Kambag'allikni qisqartirish va Markaziy Osiyo Davlatlarida rivojlanish" mavzusidagi ilmiy seminarda ishtirok etish va xorijiy stajirovka o'tash maqsadida xizmat safariga yuborildi.

Xizmat safari davomida Toshkent kimyo-texnologiya instituti xodimi va professor-o'qituvchilar Xitoy Xalq Respublikasining Nanchang shahridagi "Tszyansi xorijiy tillar va tashqi savdo" xalqaro kollejida iqtisodiy rivojlanish, ijtimoiy ta'minlash, qishloq xo'jaligi maxsulotlarini xavfsizligini ta'minlash, eksportbob maxsulotlar ishlab chiqarishda-sifat, ta'lim mavzularidagi seminarlarda ishtirok etadilar va o‘z bilim va tajribalari bilan o‘rtoqlashadi. Bu tashabbus ikki Davlat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ushbu seminar va kurslar O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda mamlakatimizda davlat muassasalari xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan.

Seminar davomida ishtirokchikar Xitoyning ilg'or tajribasini o'rganish, shuningdek xalqaro hamkorlik sohasidagi bilimlarni yanada kengaytirish imkoniyatiga ega bo'ladi.