FGBOU VO “A. A. Qodirov nomidagi Chechen davlat universiteti” va Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillarning 2023-yil 27-fevral kuni onlayn uchrashuvi bo’lib o’tdi.
Yig‘ilishning tashkilotchilari: TKTIdan - Babaxanova Zebo Abdullaevna - Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i, Anvar Normamatovich Shernayev - xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i; Chechen davlat universitetidan Tsebieva Taisiya Borisovna - xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig'i.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor X.L.Po‘latov, biotexnologiya kafedrasi mudiri A. Normatov va Ekologiya kafedrasi mudiri F.Igitov, kimyo va kimyoviy fanlar, biologiya va biotexnologiyalar, ekologiya va ekologik xavfsizlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qilish bo‘yicha dekanlar va kafedra mudirlari ishtirok etdilar
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad asosiy manfaatdor tomonlar bilan tanishish, yonalsihlar va kafedralar o’rtasida hamkorlik aloqalarni o’rnatish, 2022-yil 26-oktabrda tuzilgan universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasi asosida hamkorlikda ish olib borish yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat.
Kimyo, ekologiya, biotexnologiya, bioenergetika sohalarida istiqboldagi hamkorlik masalalari va yo‘nalishlari muhokama qilindi, shuningdek, tomonlar ochiq ma’ruzalarni onlayn o‘qish, bakalavriat va magistratura talabalari uchun maxsus ma’ruzalar blokini o‘qish, qo‘shma ma’ruzalarni o‘qish shaklida akademik mobillik, tadqiqot va nashrlar, ilmiy ishlarni ko'rib chiqish, konferentsiyalarda ishtirok etish bo‘yicha kelishib oldilar. Shuningdek, qo'shma loyihalarni, masalan, Chechen davlat universitetining Karbon poligoni bazasida ekologiya bo'yicha yozgi maktabni amalga oshirish taklif qilindi. Chechenistonlik olimlar va talabalarning 2023-yil may oyida TKTIda boʻlib oʻtgan “Yashil kimyo va barqaror rivojlanish” xalqaro forumi ishida ishtirok etishga taklif etildi.