So'ngi yillarda energetikaga bo'lgan talabning ortishi, energetikaning sanoat korxonalaridagi o'rni va ahamiyatini hisobga olgan holda Toshkent kimyo-texnologiya institutida kimyo sanoati korxonalari uchun energetik mutaxassislarni tayyorlash yo'lga qo'yilgan. Ushbu yo'nalishda taxsil olayotgan talabalarni amaliy ko'nikmalarini oshirish va mamlakatimiz energetika sohasi korxonalari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida 1-aprel kuni Parkent tumanida joylashgan quyosh ilmiy markaziga ekskursiya uyushtirildi.
Parkent tumaniga tashrif buyurgan talabalarni quyosh ilmiy markazi xodimlaridan tashqari, Parkent tumani hokimi o'rinbosari va tumanning Liberal demkoratik partiyasi apparat rahbarlari ham kutib olishdi. Ekskursiya davomida O'zbekiston liberal demokratik partiyasi vakillari tomonidan konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgarishlar haqida keng tushunchalar berildi. Ayniqsa konstitutsiyaning yoshlar masalasi, ta'lim sohasidagi va pedagogik faoliyatga aloqador masalalarga qaratilgan bandlari va undagi o'zgartirishlar atroflicha tushuntirildi.