Ijtimoiy tarmoqlar

Ijod markazida shoir Bobur Bobomurod bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida yoshlarning adabiyotga qiziqishini oshirish, ijodiy tafakkurini rivojlantirish va ma'naviy dunyoqarashini boyitish maqsadida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ijod markazida taniqli shoir Bobur Bobomurod ishtirokida ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida shoir o‘z ijodiy izlanishlari, adabiyotdagi tajribalari hamda zamonaviy she’riyatning rivojlanish yo‘nalishlari haqida samimiy fikrlar bilan o‘rtoqlashdi. Ishtirokchilar shoirning she’rlaridan namunalar tinglab, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Mazkur ijodiy suhbat yoshlar uchun ilhom baxsh etuvchi, adabiyotga yangicha nigoh bilan qarashga undovchi va o‘z ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarishda rag‘batlantiruvchi tadbirlardan biri bo‘ldi.