Ijtimoiy tarmoqlar

"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida talabalar, o‘quvchilar hamda mahalla yoshlari uchun madaniy hordiq va ijobiy kayfiyatni ta’minlash maqsadida “Karaoke kechasi” tashkil etildi.

 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining ijodiy salohiyati va vokal mahoratini namoyish etishdi. Turli janrdagi mashhur qo‘shiqlar ijrosi ostida kechgan ushbu musiqiy kecha barchada ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi va yoshlar orasida do‘stona muhit shakllanishiga xizmat qildi.

“Karaoke kechasi” yoshlarning sahna madaniyati, o‘zini erkin ifoda eta olish qobiliyati va jamoaviy ishtirok ruhini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ular uchun unutilmas taassurotlar hadya etdi.