Tadbir doirasida yoshlarning ruhiy holatini mustahkamlash, o‘zini anglash va ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida bir qator samarali mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Jumladan, professional psixologlar ishtirokida psixologik treninglar va amaliy mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, ishtirokchilar uchun o‘ziga xos yondashuv asosida tashkil etilgan master-klasslar orqali muhim hayotiy ko‘nikmalar, stressni boshqarish usullari hamda jamoada ishlash madaniyati bo‘yicha amaliy bilimlar berildi.
Tadbir davomida qiziqarli psixologik o‘yinlar ham tashkil etilib, ular orqali yoshlar o‘z hissiy holatini anglash, muomala madaniyatini rivojlantirish va muloqot qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Mazkur faoliyatlar yoshlarda ijobiy psixologik muhitni shakllantirish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.