Toshkent kimyo-texnologiya institutining mutaxassislik va umumkasbiy fanlar kafedralarining ilmiy ishlanmalari ko'rgazmasi tashkil etildi. Bunda mahalliy xom-ashyolar asosidagi mineral o'g'itlar, plastmassalar, rezinotexnika mahsulotlari, keramika mahsulotlari, avtomobil yo'llarini yoritish uchun shisha shariklar, bioyoqilg'i olish texnologiyasi, xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari namunalari, mahalliy hom-ashyolar asosida mebel sanoati uchun ishlanmalar, sellyuloza-qog'oz mahsulotlari va boshqa ishlanmalar ko'rgazmasi namoyish etildi. Ishlanmalar rahbarlari o'zlarining ishlanmalari bo'yicha ma'lumot berdilar.