Giyohvandlik illatlaridan yoshlarimizni asraylik
Bugungi kunda jamiyatimiz ravnaqi, kelajagimiz bo‘lgan yoshlar tarbiyasi va ularning sog‘lom hayot kechirishi eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda 2025-yil 1-dekabr sanasida “Tilllar” kafedrasi katta o‘qituvchilari L.A.Baymuhamedova hamda N.T.Abdulhakimovalarning tashabbusi bilan Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “Giyohvandlik illatlaridan yoshlarimizni saqlaylik” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning xavfli oqibatlari, inson salomatligi va jamiyat rivojiga yetkazadigan zararlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
TKTI shifokori N.A.Xojakbarova o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib, giyohvand moddalar turlari, ularning psixologik va jismoniy ta’siri, zararli odatlarning rivojlanish bosqichlari haqida tushuntirib berdi.
Tadbir 1-dekabr kuni soat 13:00 da A.Navoi-32 binosidagi 1/302-auditoriyada o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish;
sport va madaniy-ma’naviy tadbirlarga jalb qilish;
internet orqali tarqalayotgan yolg‘on axborot va yot g‘oyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash;
muammoli vaziyatga tushgan yoshlar uchun psixologik yordam ko‘rsatish mexanizmlarini tushuntirish.
Giyohvandlikka qarshi kurashda barchamiz birlashishimiz, oila va ta’lim muassasalarida bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida yoshlar uchun maxsus bukletlar, tavsiyalar va sog‘lom turmush tarziga oid materiallar tarqatildi.
Ushbu tashabbuslar yoshlar ongida zararli odatlarga nisbatan qat’iy murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga hamda ularni ezgu maqsadlar sari yo‘naltirishga xizmat qiladi.