Ijtimoiy tarmoqlar

GIZ PECA5 xalqaro loyihasi doirasida fokus-guruh ishtirokida monitoring tadbiri o‘tkazildi

GIZ PECA5 xalqaro loyihasi doirasida fokus-guruh ishtirokida monitoring tadbiri o‘tkazildi

2025-yil 23-may kuni Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit (GIZ) GmbHning “Markaziy Osiyoda iqtisodiyotning o‘sish tarmoqlari uchun professional ta’lim” (Professional Education for Economic Growth Sectors in Central Asia – PECA5) dasturi doirasida Latviya tabiiy fanlar va texnologiyalar universiteti (LTFTU) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Oziq-ovqat texnologiyalari bo‘yicha barqaror o‘qitish uchun Markaziy Osiyoda o‘qituvchilarning malakasini oshirish” (Professional Development of Teachers in Central Asia for Sustainable Training in Food Technologies) mavzuidagi xalqaro loyiha natijalarini baholash maqsadida fokus-guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda GIZ tashkilotining monitoring bo‘yicha mutaxassisi Xalil Kadjiyev tomonidan loyiha ishtirokchilari bilan suhbat o‘tkazildi. Uchrashuv davomida loyiha doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan SWOT tahlili amalga oshirildi.

Tadbirda “Oziq-ovqat va parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari — Ruzibayev Akbarali, Djaxangirova Gulnoza, Akramova Ra'no, Raximov Dilshod, Xodjayev Sarvar, Salijonova Shaxnozaxon va Gaipova Shaxnozaxon faol ishtirok etdilar.

Fokus-guruh ishtirokchilari loyiha doirasidagi eng muhim yutuqlar, xalqaro hamkorlikka hissa qo‘shgan asosiy omillar, shuningdek, ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni davom ettirishda uchrayotgan muammolar bo‘yicha fikr almashdilar hamda ish paketining SWOT tahlilini birgalikda o‘tkazdilar.