Joriy yilning 9-10—noyabr kunlari Toshkent kimyo-texnologiya institutida “Globallashuv sharoitida noorganik moddalar va materiallar ishlab chiqarishda innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish istiqbollari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.
Anjumanning yalpi majlisida Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati, professor-o'qituvchilari talabalari ishtirok etdilar. Dastavval Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich ayni kunlarda xorijda xizmat safari bilan bo'lib turgan institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevichning kirish so'zlarini o'qib eshittirib, yalpi majlisni o'chib berdi.
Shuningdek anjumanda “O’zkimyosanoat” AJning mahalliylashtirish va sanoatda koorporatsiya aloqalarni kengaytirish bo’limi boshlig’i Salomov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan ixtirochi va ratsionalizator Namazov Shafoat Sattarovich, Belorus davlat texnologiya universiteti, noorganik moddalar texnologiyasi va umumiy kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi Andrey Nikolayevich Gavrilyuk, “Maxam-Chirchiq” AJ innovatsiya, lokalizatsiya va sanoat kooperatsiyasi bo’limi boshlig’I Abdurashitov Ruslan Vladimirovich, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti rektori, texnika fanlari doktori, professor Reymov Axmed Mambetkarimovich, K.I. Satbayev nomidagi Qozog‘iston milliy tadqiqot texnika universiteti “Kimyoviy jarayonlar va sanoat ekologiyasi” kafedrasi mudiri, texnika fanlari nomzodi, dotsent Kubekova Sholpan Nakishbekovna, “Farg’onaazot” AJ mutaxassisi Rahimov Akbar Karimovich, “Ammofos-Maxam” AJ standartlashtirish va sertifikatlash bo’limi etakchi muxandisi Gaynullina Al’bina Ravil’evna, “Dexqonobod kaliy zavodi” AJ mutaxassisi Nurboyev Jonibek Abduhakimovich kabi o’z kasbining etuk mutaxassislari ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Anjumanda professor-o’qituvchilar, ishlab chiqarish korxonalari xodimlari, yosh olimlar, magistrantlarning ilmiy izlanishlari natijalarini muhokama qilishga bag'ishlangan. 10-noyabr kuni anjumanning sho’ba majlislari bo’lib o’tdi.