Ijtimoiy tarmoqlar

“Gyeongsangbuk-do mintaqaviy vizasi bo‘yicha xorijiykadrlarni jalb qilish yarmarkasi” Inno Texnoparkda

 “Gyeongsangbuk-do mintaqaviy vizasi bo‘yicha xorijiykadrlarni jalb qilish yarmarkasi” Inno Texnoparkda

 2025-yil 18–19-sentabr kunlari “Inno” innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Koreya Respublikasining “Gyeongsangbuk-do” provinsiyasi hamkorligida yirik xalqaro tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbirda Koreya Respublikasining Gyeongsangbuk-do viloyati, Gyeongsangbuk-do texnoparki, K-Dream chet elda iqtidorlarniishga olish markazi va boshqa kompaniyalar, O‘zbekiston tomonidan esa Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalarvazirligi, Inno Texnopark, Tashqi Migratsiya agentligi hamdahamkor universitetlar rahbarlari, Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti rektori B.Sh.Usmonov, Karyera markazi boshlig‘I A.M.Mirkomilov, Oziq-ovqat vavinochilik texnologiyalari fakulteti dekani A.M.Normatovhamda Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etishdi.

Tadbir boshlanishidan avval ikki tomon vakillari ma’sul xodimlar bilan birgalikda suhbat olib bordilar. Suhbat davomida tomonlar tanishuvi bo’lib o’tdi. 

 Tadbirning ochilish marosimida Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan ma’sullar o’zlarining taqdimotlari bilab tanishtirdilar.

 Tadbirdan so‘ng institutimiz rektori hamda boshqa hamkor unveristet rektori bilan birgalikda Koreya Respublikasi vakillari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatish maqsadida tor doirada suhbat jarayonlari bo’lib o’tdi. Uchrashuvda ikki tomon vakillari kelajakda hamkorlik aloqlarini o’rnatish bo’yicha kelishib olindi. 

 Ushbu tadbirda institutimiz bitiruvchilar Koreya Respublikasidan tashrif buyurgan korxona vakillari bilan ishga joylashish bo’yicha suhbat olib bordilar. Talablarimiz Koreya bozoridagi imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha amaliy maslahatlar berildi.