Ijtimoiy tarmoqlar

Xotin-qizlar kengashi raisi, xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari hamda fakultet tyutorlari tomonidan talabalar turar joyida va ijarada yashovchi qizlar holidan xabar olindi.

Joriy yilning 25-26-fevral kunlari Toshkent kimyo-texnologiya instituti xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi G. Aripova, NGT fakulteti va SMM fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari V.Umarova, J.Aliyevalar hamda fakultet tyutorlari tomonidan ijara xonadonlarida yashovchi talabalar holidan xabar olindi.

 Shuningdek 26-fevral kuni Toshkent kimyo-texnologiya instituti xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi G. Aripova, NGT fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari V.Umarova hamda fakultet tyutorlari tomonidan TTJ da yashovchi talabalar holidan xabar olindi.

 Ushbu o'rganish davomida, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi. Shuningdek, talabalarning bo'sh vaqtlarida qanday mashg'ulotlar bilan band ekanliklari va muammolari o'rganildi hamda xonaning sanitariya holati, is gazi va elektr energiyasidan boxabar bo'lishlari va noxush holatlarini oldini olishligi bo'yicha ogohlantirildi.