Ijtimoiy tarmoqlar

Hech bir yosh e'tibordan chetda qolmaydi!

Xabaringiz bor davlat dasturiga muvofiq "Yoshlar balansi" asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlari hamda oliy ta'lim muassasalarining rahbarlariga "og'ir" toifadagi, shuningdek, iste'dodli va iqtidorli yoshlar biriktirilgan.

Toshkent kimyo-texnologiya institutiga ham Toshkent shahar, Shayxontohur tumanida joylashga bir qancha mahallalarda istiqomat qiluvchi "qizil toifa"dagi e'tiborga muhtoj 20 nafardan ortiq yoshlar biriktirilgan. Ular bilan doimiy ravishda uchrashuvlar o'tkazilib, muammolari o'rganilmoqda.

Kuni kecha institutimiz rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida institutimizga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda yoshlarning xohish-istaklari, qiynayotgan muammolari tinglanib, mas'ullar ishtirokida joyida hal etildi.

Jumladan ingliz tiliga qiziqishi borligini bildirgan lekin o'rganishga imkoniyati bo'lmayotgan yoshlardan biri institutimizning Xorijiy tillar kafedrasiga biriktirildi, shuningdek grafik dizayn, pazandachilik va turli yo'nalishlarga qiziquvchi yoshlarga ham tegishli mas'ullar biriktirilib, ta'lim uzviyligi ta'minlandi. Probatsiya hisobida turuvchi yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollariga institut profilaktika inspektori tomonidan atroflicha javob oldilar.

Uchrashuv so'nggida institut rahbariyati tomonidan o'quv kurslari uchun 600 000 so'mlik vaucher hamda esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Aytish kerakki, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyiliga asoslangani bilan ahamiyatlidir. Buni bugungi amaliy sayʼ-harakatlar misolida ham koʻrish mumkin.