Ijara xonadonlarida yashovchi talabalar bilan profilaktik uchrashuvlar o‘tkazildi
Mamlakatimizda yoshlarning xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa ota-onasidan yiroqda, ijara uylarida istiqomat qilayotgan talabalar o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va profilaktika ishlarini kuchaytirish maqsadida joriy yilning 1-dekabr sanasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda qator uchrashuv va targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi – ijara xonadonlarida yashovchi talabalar turmush sharoitlari bilan tanishish, yong‘in xavfsizligi qoidalari, gaz va elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish tartibi bo‘yicha amaliy tushuntirishlar berish, shuningdek, talabalarning huquqiy va xavfsizlik madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘z hayoti va atrofdagilar xavfsizligi uchun mas’uliyatni yanada chuqurroq anglab, favqulodda vaziyatlarning oldini olishda faol bo‘lishlari uchun muhim bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.