30-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida markaziy apparat, hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari hamda oliy taʼlim muassasalari xodimlari uchun iqtisodiy oʻqish boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev ochib berdi. Unda barcha oliy ta'lim muassasalari qatori Toshkent kimyo-texnologiya instituti mas'ullari ham ishtirok etishdi.
Iqtisodiy oʻqish ijro intizomi tizimini takomillashtirish va ish jarayonini yanada samarali tashkil etishga qaratildi. Tadbirda Adliya vazirligi, “Unicon soft” mutaxassislari ijro intizomini mustahkamlash, “Ijro.gov.uz” va “Edo.ijro.uz” elektron tizimining oʻrni, ahamiyati hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish tartibidagi yangiliklar, o‘zgarishlar haqida maʼruza qilib, sohadagi masalalar muhokama qilindi.
Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/29027