Ijtimoiy tarmoqlar

Ilg’or texnologiyalar markazida ECAMPUZ loyihasi doirasida “Intra-project conference (Loyiha doirasidagi anjuman)” bo'lib o'tmoqda.

2024-yilning 16-18-oktabr kunlari Yevropa Ittifoqining ERASMUS-EDU-2022-CBHE dasturi doirasida “ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Scientists in Food Science and Technology” loyihasi doirasida ECAMPUZ loyihasi barcha a’zolarining bevosita ishtirokida olib boriladigan “Intra-project conference (Loyiha doirasidagi anjuman)” bo'lib o'tmoqda. 

Anjuman O’zbekistonning oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi sohasidagi tadqiqotchilar, o'qituvchilar, sanoat vakillari hamda oziq-ovqat fanlari va texnologiyasi bo'yicha Yevropa Ittifoqi mutaxassis olimlarini to'pladi.

Anjumanni O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Vitse-Prezidenti hamda Ilg’or texnologiyalar markazi direktori Shaxlo Turdikulova kirish so'zi bilan ochib berdi. Anjumanda Oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari, oziq-ovqat fanlarida biotexnologiya, oziq-ovqat fanlarida gen muhandisligi, oziq-ovqat xavfsizligi, oziq-ovqat mikrobiyologiyasi, oziq-ovqat fanlarida sun'iy intellekt, oziq-ovqatda funktsional ingredientlarni rivojlantirish va parhez va ovqatlanish kabi mavzularda ma’ruzalar ilg'or xorijiy va mahalliy olimlar tomonidan o'tkaziladi. Bundan tashqari, yosh olimlar va loyiha doirasidagi "Train-the-trainer" dasturida qatnashgan bitiruvchilar oziq-ovqat fanlari va texnologiyalari sohasidagi ilmiy tadqiqotlari va yutuqlarini namoyish etadilar. Tadbirda ishtirok etayotganlar ECAMPUZ loyiha ishtirokchilari tayyorlagan ilmiy plakatlarni ko'rish imkoniyatiga ega bo'lishadi.