Ijtimoiy tarmoqlar

Ilmiy tadqiqot – taraqqiyot poydevori!

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Oziq-ovqat sifati va xavfsizligi kafedrasi assistenti N.Z.Fayzullayeva ayni damda Xitoy Xalq Respublikasining Shiszyachjuan Ilmiy-Tadqiqot Institutida malaka oshirish jarayonini olib bormoqda.

Ular Xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari tadqiqoti laboratoriyasida ilmiy izlanishlar olib borib, Xitoyning ilg‘or tajribalarini chuqur o‘rganmoqda. Bu jarayon assistentimizning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajriba almashinuvi orqali ilmiy yondashuvini yanada boyitish imkonini bermoqda.

Ushbu ilmiy hamkorlik institutimizning xalqaro aloqalarini mustahkamlashga xizmat qiladi!