Ilm-fan va innovatsiyalarga boy HAFTA!
Hurmatli talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar!
Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025-yil 27–31-may kunlari “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Tadbirlar rejasi:
28-may
TKTI, Kimyoviy injiniring fakulteti majlislar zali
09:00–10:00 – “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy haftaligining ochilishi
10:00–17:00 – Kimyo fanlari doktori, professor Abdulla Ismatov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlangan “Shisha, keramika va bog‘lovchi materiallar ishlab chiqarishning innovatsion texnologiyalari-2025” IV Xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya.
29-may
TKTI, Kimyoviy injiniring fakulteti
09:00–17:00 – “Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot” xalqaro ilmiy forum, nutqlar, ma’ruzalar va posterlar
30–31-may
TKTI, Oziq-ovqat va vinochilik texnologiyalari fakulteti
09:00–17:00 – "Umidli Kimyogarlar-2025" Yosh olimlar va talabalar XXXIV ilmiy-texnik anjumani
10:00–16:00 – Talabalarning ilmiy nutqlari, yakuniy poster taqdimotlari
Ilm-fan olamiga sho‘ng‘ish, tajriba almashish va yangi g‘oyalar uchun ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
Barchani tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
"Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot" Xalqaro ilmiy haftaligi bo‘yicha barcha ma’lumotlar maxsus veb-saytda joylashtirilgan: https://conf2025.tict.uz
Konferensiya dasturi, muhim maʼlumotlat, ma’ruzachilar va boshqa tafsilotlar bilan ushbu sayt orqali tanishishingiz mumkin.