2024-yilning 14-noyabr sanasida INNOWEEK-2024 xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Bridge Hub kompaniyasi tomonidan yosh talabalarni innovatsion bo'yoq materiallari sohasida o'qitish bo'yicha tajriba laboratoriyasi ishga tushirilib, uning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Unda Toshkent kimyo-texnologiya instituti rektori Usmonov Botir Shukurillayevich boshchiligida Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori B.N.Boborajabov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor X.L.Pulatovlar ishtirok etishdi.
Ta'kidlash joizki, institut talabalari yaratgan bo'yoq tarkibi O‘rta Osiyo ishlab chiqaruvchilarining katta qiziqishini uyg‘otdi va 14-noyabr kuni Bridge Hub kompaniyasining sinov markaziga Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistondan 35 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar tashrif buyurdilar.
Umid qilamizki kelgusida ushbu laboratoriya lok va bo'yoq sohasida ta'lim olayotgan talabalarimiz uchun haqiqiy tajriba maydoniga aylanib, kelajakda raqobatbardosh mahsulotlar yaratishda haqiqiy HUB vazifasini bajaradi.