Ijtimoiy tarmoqlar

INNOWEEK-2024 xalqaro innovatsion g'oyalar haftaligi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Birdge Hub kompaniyasi va Qozog'iston Respublikasining Alba Chem kompaniyasi o'rtasida o'zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Memorandumga ko'ra hamkorlikda avtomobilsozlik, qurilish sanoati, maishiy kimyo uchun yangi turdagi bo'yoq materiallarni tarkibini yaratish, texnologiyasini ishlab chiqish, institut talabalarini Germaniya BYK, Alberdingk Boley, Munzing Chemy va Netzsch kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan zamonaviy ilmiy-tadqiqoy laboratoriya jihozlarida ishlash ko'nikmalarini shakillantirish, hamkorlikda ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini yaratish ko'zda tutilgan.