Jumladan “Germaniya-Oʻzbekiston ilm-fan kuni” xalqaro ilmiy konferensiyasi oʻz ishini davom ettirmoqda.
Uning bosh maqsadi – ilm-fan va innovatsiya sohalaridagi yangi tadqiqotlar, Germaniyadagi turli taʼlim va tadqiqot dasturlari hamda ularda qatnashish shartlari, shu bilan birga, yashil innovatsiyalar, Germaniya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi qoʻshma ilmiy-tadqiqot loyihalarini ishtirokchilarga tanishtirishdan iborat.
Shuningdek Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida» InnoWeek-2023» innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi (UNECE) bilan birgalikda “O‘zbekistonda barqaror vodorod ishlab chiqarish yo‘llari” xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.
https://www.youtube.com/watch?v=HIlcb2VN8pI