Ijtimoiy tarmoqlar

Institut tarixidagi yuksak ma'naviy marrani yangilagan iqtidorlar e'tirof etildi.

Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'tkazilgan "Ma'rifat maydoni" ko'rik tanlovida institutning "Kimyogar" jamoasi 200dan ortiq OTM jamoalari o'rtasida faxrli 5-o'rinni egallab, g'oliblikni qo'lga kiritgan edi.

 

Kuni kecha institut rektori B.Sh.Usmonov, prorektorlar hamda institut rahbariyati ushbu g'alaba egalarini qilgan mehnati va erishgan yutuqlari bilan tabriklab, jamoa a'zolariga 28 000 000 so'mlik vaucher, planshet hamda jamoaning munosib marralarni egallashiga ko'makchi bo'lgan mas'ul xodimlari munosib taqdirlandilar.

Shuni alohida qayt etish joizki, Institut rektori ushbu tanlovda muvaffaqiyatli egallangan o‘rin og‘ir mashaqqat, katta mehnat hamda keng dunyoqarash bilan shakllantirilgan g‘oyaviy dasturlarning samarasi ekanligi, ushbu natija institut sha‘ni va obro‘yi uchun katta yutuq bo‘lganligini qayd etdilar.

Ana shunday haqiqiy yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar, Institut rahbariyati va yoshlar bilan ishlash bo'yicha mas'ullar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi demakki, tizimdagi yoshlarga bo‘lgan e‘tiborning nechog‘lik tog‘ri yo‘naltirilayotganidan dalolat ekanligi, mana shunday tanlovlarda bundan keyin ham tashabbus ko‘rsatib, harakatlar bardavom bo‘lib, bunday jamoalarning safi kengaysa, bu jamoa a‘zolari o‘z yutuqlari bilan namuna va o‘rnak bo‘lib, o‘zlarining mahorat maktablarida qator yosh shogird, izdoshlar qoldirib, yutuqlar ko‘paysa, institut rahbariyati tomonidan bunday sa‘y- harakatlar doimiy qo‘llab-quvvatlanishini, ta‘kidlab o‘tdilar.