Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intelektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan “Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni, mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzusida tushunchalar berish bo‘yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash va EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari boʻlim boshligʻi R.Sagdullayeva, Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash va EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari boʻlim bosh maslaxatchisi B.Qarshiboyev, Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga koʻmaklashish boʻlimi bosh maslaxatchisi B.Kadirova, ixtirolar va foydali modellar boʻlimi yetakchi maslxatchisi A.Xasanov, institut patentshunosi Sh.D. Cho‘tboyev professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Seminarni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor X.L.Pulatov kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti huzuridagi IIITBda qilingan ishlar hamda ushbu markazning kelajakdagi isliqbollari haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng so‘zni, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga koʻmaklashish boʻlimi bosh maslaxatchisi – B.Kadirovaga berdi, B.Kadirova ushbu markazni tashkil qilishdan asosiy maqsad mamlakatning intellekmal mulk sohasidagi salohiyatini rivojlantirish, shuningdek, intellektual mulk sohasida mutaxassislar bilim darajasini va ularni tayyorlash samaradorligini oshirish, omma o‘rtasida intellektual mulkka nisbatan hurmat hissini shakllantirish, ixtirochilik faoliyalini rag‘batlantirish hamda ilmiy-texnik ijodkorlik natijalarini hayotga tadbiq etishga sharoit yaratish ekanligiga urg‘u berib. Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlashda olib borilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidintining 2022-yil
17-martdagi PF-89-son Farmoniga muvofiq mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalari majburiy tartibda mualliflik huquqi obyektlarining yagona bazasida saqlanishi, Yagona bazani yuritish hamda mualliflik huquqi obyektlarining elektron nazorat nusxalarini yagona bazaga kiritish jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat muassasasi ma’sul etib belgilanganligini hamda mualliflik huquqi obyektning elektron nazorat nusxalari yagona bazaga kiritilgandan so‘ng, uning saqlovga qabul qilinganligi to‘g‘risida hujjat taqdim qilinishi haqida ma’lumot berib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasining “Ixtirolar va foydali model”lar boʻlimi yetakchi maslaxatchisi – A.Xasanov so‘zga chiqib, ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini huquqiy muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi masalalar yuzasidan o‘z taqdimoti bilan seminar ishtirokchilariga ma’lumot berib o‘tdi.
Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash va EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari boʻlim boshligʻi – R.Sagdullayeva tadbir davomida ixtiroga, foydali modelga va sanoat namunasiga patent berish haqidagi talabnoma shartlari, sanoat mulki obyekti ustuvorligi, talabnomalarni o‘zgartirish haqida to‘xtalib o‘tildi.
Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash va EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari boʻlim bosh maslaxatchisi – B.Qarshiboyev sanoat mulki obyektiga bo‘lgan huquq muallifga (ham mualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) tegishli bo‘lishi va patent bilan tasdiqlanishi, agar sanoat mulki obyektini bir nechta shaxs bir-biridan mustaqil ravishda yaratgan bo‘lsa, patent olish huquqi patent berish haqidagi talabnomani Vazirlikka birinchi bo‘lib topshirgan shaxsga tegishli bo‘1ishi, ixtiro va foydali modellarning patentga layoqatlilik shartlari, sanoat mulki obyektining huquq subyektlari, patent egasining sanoat mulki obyektidan foydalanish huquqi hamda patent egasining mutloq huquqi buzilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.
Kun tartibidagi masala atroflicha muhokama qilinib, seminarda ishtirok etgan ma’sul xodim va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar hamda taraflar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazlfalar o‘zaro taqsimlab, kelishib olindi.