Ijtimoiy tarmoqlar

Intellektual olimpiada doirasida "Chem-Quiz" o'yini bo'lib o'tdi

Uzoq kutilgan Intellektual olimpiada start oldi!!! 13-mart kuni uzoq kutilgan va institut tarixida ilk marotaba o'tkazilayotgan Intellektual olimpiada doirasida "Chem-Quiz" o'yini bo'lib o'tdi.



"Chem-Quiz" o'yinini O'zbekiston yoshlar ittifoqi yetakchisi Azizjon Adhamov ochib berdi. Zakovat terma jamoasi sardori Sarvar Isroilov o'yin tartib qoidalari haqida ma'lumot berib o'tdi.



O'yin 9 turda, turli xil mavzularda bo'lib o'tdi. Bugungi o'yinda turnirda ro'yxatdan o'tgan 25 ta jamoa ishtirok etdi. 

9 tur yakunlariga ko'ra 

🥇"115" jamoasi

🥈"Born to Win" jamoasi

🥉"Muhim maqsadda to'planganlar" jamoasi.



Ertangi kun tartibi bilan birozdan so'ng sizlarga ma'lum qilamiz.