Ijtimoiy tarmoqlar

"Ishonch" volontyorlar harakati va Toshkent kimyo-texnologiya instituti rahbariyati boshchiligida Yangi yil kirib kelayotgani munosabati bilan "2026-yil Yangi yil - yangi orzular" shiori ostida hayriya tadbiri bo'lib o'tdi.

"Ishonch" volontyorlar harakatining navbatdagi manzili Shayhontoxur tumanida yashovchi e'tiborga muhtoj nogiron oilalar, qariyalar va boquvchisini yo'qotgan bolalar bo'ldi.

Kimgadur qandaydur yordamimiz tekkan bo'lsa, mehrimizni tuygan bo'lsa biz bundan juda-juda baxtiyormiz va har bir insonni mehr ulashishga chorlaymiz. Zero, inson qalbiga yo'l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi.

Ps: Nomlari sir saqlanishini xohlagan barcha saxovatpesha va volontyorlarga minnatdorchilik bildirib qolamiz

"Inson qalbiga yo'l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi"

Saxovatpesha insonlarimizni kutib qolamiz...

"Inson qalbiga yo'l mehr-muruvvat va saxovatdan boshlanadi"