Shu munosabat bilan Toshkent kimyo-texnologiya institutida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar roʻyxati shakllantirilib, motivatsion treninglarni tashkil etish reja-jadvali ishlab chiqildi.
Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi talaba-yoshlarning roʻyxati shakllantirilib, ular ishtirokida treninglar o‘tkazildi. Jumladan: joriy yilning 25-iyul kuni Toshkent kimyo-texnologiya institutida Neft va gaz texnologiyalari fakulteti Asosiy organik sintez kafedrasida “Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida bitiruvchi talabalar uchun “Biznes marafon” seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Neft va gaz texnologiyalari fakulteti dekani L.A.Yusupova ochib berib, o‘z nutqida u zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish, yoshlarning tadbirkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish va ularga amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish borasida so‘z yuritdi.
Tadbirda mehmon sifatida “O‘zbekneftgaz” АJ Innovatsiyalar departamenti boshligʻi oʻrinbosari A.E.Saydaxmedov, “O‘zkimyosanoat” AJ Lokalizatsiya boʻlimi mutaxassisi A.Axmedov, Sho‘rtangaz kimyo majmuasi xodimi T.Boyqobilov, Muborak gazni qayta ishlash zavodi AJ xodimi Ravshan Qurbonov, Andijon viloyatida joylashgan “Seneg” kompaniyasi xodimi Solijonov Asilbek, Radiks kompaniyasi xodimi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti xodimi F.To’raqulov, O‘simlik moddalar kimyosi instituti dotsenti Sh.Sh.Hasanov, shuningdek, Karyera markazi boshligʻi A.M.Mirkomilov, fakultet dekani L.A.Yusupova, Asosiy organik sintez kafedrasi mudiri A.E.Ziyadullayev va bitiruvchi talabalar ishtirok etdilar.
Ular bitiruvchi talabalarga muvaffaqiyatli biznes yuritish sir-asrorlari, huquqiy asoslar, xatoliklardan saboq olish, o‘z brendingni shakllantirish hamda bozor iqtisodiyotida samarali faoliyat olib borish bo‘yicha muhim tushunchalar va hayotiy misollar asosida tajribalarini ulashishdi.
Undan soʻng har bir korxona vakili hozirgi mehnat bozoridagi holat, yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan davlat dasturlari, bitiruvchilarning bandligini ta’minlash hamda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga ishga qabul qilish tartib-qoidalari yuzasidan batafsil ma’lumot berdi.