II Xalqaro uchuvchisiz uchish apparatlari forumi – Toshkent kimyo-texnologiya instituti vakillari Belarusda!
30-sentabrdan 2-oktabrgacha Belarus davlat texnologiya universitetida bo‘lib o‘tayotgan “II Xalqaro uchuvchisiz uchish apparatlari” forumida Toshkent kimyo-texnologiya instituti “Avtomatlashtirish va raqamli boshqaruv” kafedrasi mudiri, dotsent Komil Usmanov hamda kafedra v.v.b. dotsenti Zafar To‘raqulov institutimiz nomidan ishtirok etishdi.
Forumning dastlabki kunida vakillarimiz universitet tomonidan tashkil etilgan ilmiy-innovatsion ko‘rgazma va yalpi majlisda qatnashishdi.
Ikkinchi kuni esa ular Belarus davlat texnologiya universitetining “Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va elektrotexnika” kafedrasida bo‘lib, laboratoriyalar, ilmiy faoliyat va tadqiqot ishlari bilan tanishdilar hamda kelgusidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan muzokaralar olib bordilar.
Shuningdek, forumning sho‘ba yig‘ilishlarida faol ishtirok etishdi.Kunning ikkinchi yarmida Belarus Milliy Fanlar Akademiyasining “Ko‘p funksiyali uchuvchisiz uchish apparatlari” ilmiy-ishlab chiqarish markazi va Belarus Respublikasi Yoshlar texnoparkiga tashrif buyurib, zamonaviy ilmiy-innovatsion ishlanmalar bilan yaqindan tanishishdi.
Institutimiz vakillari ushbu xalqaro tadbir orqali yangi ilmiy g‘oyalar, tajriba va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda muhim qadam tashlamoqda.