Talabalar turar joyida talaba yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda maʼrifatparvarlar hayot yoʻli va ijodi bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Yangi nafas” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Bundan asosiy maqsad talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ilm olishga undash, buyuk maʼrifatparvar bobolarimiz hayot yoʻli va faoliyati, jadidchilik harakati bilan yaqindan tanishtirish hisoblanadi.Jadidchilik tushunchasi hamda jadidlarimizning hayoti va ijod mahsullari haqida talabalarga keng ma’lumotlar berish maqsadida ma’ruzachilar tomonidan maxsus tayyorlangan video va ijtimoiy tarmoq resurslaridan foydalanildi.
Tadbirda KMTF dekani Sh.B.Buxorov, dekan oʻrinbosarlari J.S.Qayumov, N.Sh.Zulyarova, tyutor M.I.Boʻriyev, institut Talabalar kengashi raisi M.B.Jumanazarov hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.