“Jaholatga qarshi — ma’rifat”
Toshkent kimyo-texnologiya institutida yoshlar ma’naviyati va dunyoqarashini yot g‘oyalar ta’siridan himoyalashga qaratilgan navbatdagi ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori B.N.Boborajabov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi A.R.Erkayev, Institut profilaktika inspektori A.Jumanov, institut psixologi, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etib, bugungi kunda ekstremistik oqimlar tomonidan yoshlar ongiga ko‘rsatilayotgan ta’sirlar, ularning maqsad va uslublari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida milliy g‘oya va qadriyatlar, ma’naviy merosga sodiqlik hamda sog‘lom dunyoqarashni shakllantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Dastur doirasida talabalarga zamonaviy tahdidlar, turli ekstremistik oqimlarning faoliyati, ularga qarshi ma’rifat va tahliliy tafakkur yordamida kurashishning samarali yo‘llari haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning savollariga mutaxassislar tomonidan aniq va asosli javoblar berildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashva sog‘lom dunyoqarashni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.