Ijtimoiy tarmoqlar

“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash”

“Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash”

Toshkent kimyo-texnologiya institutida yoshlar ongida ma’naviy immunitetni shakllantirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor B.N.Boborajabov, talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul rektor maslahatchisi A.R.Erkayev, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassisi Sh.Jumaev, professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

 Uchrashuv davomida yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, inson qadri va huquqlarini ulug‘lash, hamda ma’rifat orqali jaholatga qarshi kurashishning ahamiyati haqida atroflicha fikr yuritildi. So‘zga chiqqanlar yoshlarni ilmga chanqoq, keng dunyoqarashli, mustaqil fikrlaydigan shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidlashdi.

Mutaxassislar ekstremistik g‘oyalarning salbiy oqibatlari, ijtimoiy tarmoqlarda uchrayotgan turli noto‘g‘ri axborotlarga qarshi tanqidiy fikrlash va ma’rifatli yondashuv bilan kurashish lozimligini misollar orqali tushuntirib berishdi.

Tadbirda yoshlarning hayotiy qarashlarini shakllantirishda kitobxonlik, sport, ijtimoiy loyihalarda ishtirok etish kabi omillarning muhimligi alohida qayd etildi.

Ma’ruzachilar tomonidan berilgan hayotiy misollar, tarixiy va zamonaviy dalillar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir yakunida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutasaddilardan batafsil javob olishdi. Uchrashuv ishtirokchilarida ilm-ma’rifatga intilish, inson qadrini ulug‘lash va yurt ravnaqiga hissa qo‘shishga mas’uliyat bilan yondashish ruhiyati yanada mustahkamlandi.