Toshkent kimyo-texnologiya instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Pulatov Xayrulla Lutpullayevich, Korxonalar va ta’lim muassasalari bilan ishlash bo'yicha prorektori Shernayev Anvar Normamatovich, Ilmiy-innovatsiyalar ishlanmalarini tijoratlashtirish bo'limi boshlig'i Ne'matillo Mardanov, Muxandislik grafikasi va mexanika asoslari kafedrasi professori Farhod Raximov ham ushbu korxonaga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida korxona faoliyat, korxona mutasaddi vakillari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, mavjud texnologik muammolar bilan tanishishdi.
Uchrashuvda texnologik muammolarni yechimi bo'yicha ishchi yig'ilishi o'tkazildi. Korxonada mavjud texnologik muammolari yechishi, yangi mahsulotlar ishlab chiqarish, fan-ta'lim ishlab chiqarish klasterini tayyorlash, hodimlarni malakasini oshirish bo'yicha yo'l xaritasi ishlab chiqildi.
Korxonadagi texnologik muammolarni yechimi bo'yicha institut bilan xo'jalik shartnomalari tuzilishiga kelishuvga erishildi. Shuningdek, Jizzax politexnika institutida tashkil etilgan Yoshlar texnoparki faoliyati bilan yaqindan tanishildi.